Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
IT Park rezidentlarida 7,5% JShDS: oʻrindoshlar va masofaviy хodimlarga imtiyoz qoʻllaniladimi Biznesni roʻyхatdan oʻtkazishdan soliq yukini kamaytirishgacha: ma’lumotlar sohasidagi islohotlar taqdimotining sarhisobi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi

Belarus mashinalari aksizdan ozod etildi

14.02.2017

Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ–2699-son «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida»gi  Qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

Prezidentning 8.02.2017 yildagi PQ–2762-son Qarori bilan ushbu hujjatga kiritilgan tuzatishlarga koʻra, Belarus Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va u yerdan olib kelinayotgan yangi transport vositalariga endi tasdiqlangan aksiz soligʻi stavkalari tatbiq etilmaydi.

 

Xususan, bu mashinalarning quyidagi turlariga taalluqli:

  • yangi egarli tyagachlar (8701 20 101)1;
  • yuk tashish uchun yangi motorli transport vositalari (8704 22 910, 8704 23 910 4, 8704 23 910 9, 8704 32 910);
  • yuk tashish uchun boshqa motorli transport vositalari (8704 90 000 0).

 

Eslatib oʻtamiz, 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qarorga muvofiq ushbu imtiyoz Qozogʻiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Ukrainada ishlab chiqarilayotgan va u yerdan olib kelinayotgan yangi transport vositalariga ham tatbiq etiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Oleg ZAMANOV,

 ekspertimiz.

 

Mavzuga oid material:

 

Aksiz soligʻi toʻlanadigan ishlab chiqariladigan tovarlarga 2017 yil uchun aksiz soligʻi stavkalari indeksatsiya qilindi

 

 

1Qavslarda TIF TN kodlari keltirilgan.