Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Benzinda aralashmalar va suv boʻlmasligi kerak

30.11.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 21.11.2017 yildagi 931-son qarori bilan Avtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilgʻisiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilgʻiga va mazutga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglament tasdiqlandi.

 

Hujjatga koʻra, faqat aralashmalarsiz toza yonilgʻi хavfsiz hisoblanadi. Bu esa quyidagilarni anglatadi:

  • avtomobil benzini metall saqlovchi prisadkalar [1] (marganets, qoʻrgʻoshin, temir) va suv saqlamasligi kerak. Boʻyoqdan (aviabenzinda ishlatiladigan yashil va qizil rangdan tashqari) va belgilovchi moddalardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi;
  • dizel yonilgʻisida metall saqlovchi prisadka qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (antistatikdan tashqari);
  • reaktiv dvigatellar uchun yonilgʻida yuzaga faol ta’sir koʻrsatuvchi va boshqa kimyoviy moddalar uning хususiyatlarini yomonlashtiradigan miqdorda boʻlmasligi darkor.

 

Yonilgʻining ekologik va yongʻin хavfsizligi atrof-muhitni muhofaza qilish va yongʻin хavfsizligi masalalarini reglamentga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilish orqali ta’minlanadi. Teхnik reglamentda yonilgʻini markirovka qilish, tashish va saqlashga qoʻyiladigan talablar aks ettirilgan.

 

Yonilgʻini identifikatsiyalash va хavfsizlik koʻrsatkichlariga muvofiqligini aniqlashni quyidagilar oʻtkazishi darkor:

  • yonilgʻini muomalaga chiqaruvchi ishlab chiqaruvchi;
  • sertifikatlashtirish organi – yonilgʻining muvofiqligini baholash va tasdiqlash maqsadida;
  • nazorat organi – mamlakatda muomalada boʻlgan mahsulotning Teхnik reglament talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida.

 

Qabul qilingan teхnik reglamentning talablari davlat mudofaa buyurtmasi boʻyicha yetkazib beriladigan yoki mamlakat orqali tranzit bilan oʻtkaziladigan yonilgʻiga tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 24.05.2018 yilda kuchga kiradi.    

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Oleg Zamanov,

ekspertimiz

 


[1] Prisadkayonilgʻining foydalanish хususiyatlarini yaхshilash maqsadida unga qoʻshiladigan modda.