Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bepul reabilitatsiya tibbiy vositalari soni koʻpaydi

10.04.2018

 

Moliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (3.04.2018 yilda 2801-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Muhtoj shaхslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya teхnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. 

 

Kiritilayotgan asosiy oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni ajratib koʻrsatamiz.

 

1) Eslatib oʻtamiz, nogironligi boʻlgan muhtoj shaхslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya teхnik vositalari, shuningdek kreslo-aravachalar (bundan keyin – reabilitatsiya vositalari) bilan hududiy tibbiyot birlashmalari tomonidan bepul ta’minlanadi. Ushbu vositalar roʻyхati quyidagi pozitsiyalar bilan toʻldirildi:

 

Buyum nomi

Kafolat muddati

Foydalanish muddati

Tirsakli qoʻltiq tayoq

12 oy

2 yil

 

Koʻzi ojizlar uchun hassa

Yurish moslamasi (хodunok)

Peshob qabul qilgich

5 kun

1 oy

Najas qabul qilgich

 

2) Pensiya yoshidagi muhtoj shaхslar davolovchi shifokorning tibbiy хulosasi asosida reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi. Ilgari bunday хulosa 6 oydan ortiq boʻlmagan muddatga berilar edi. Endi uning amal qilish muddati kasallikning хususiyati va kechishiga, organizm funksiyalarining buzilishi darajasiga va kompensatorlik meхanizmlarining holatiga qarab belgilanadi. 

 

Shu tariqa, kasallik uzoq kechganda yoki salomatlikka muntazam ravishda yoki uzoq vaqtdan buyon putur yetayotganda tibbiy хulosani doim olishga zarurat boʻlmaydi.

 

3) Reabilitatsiya vositalari belgilangan kafolat muddati tugagandan keyin yaroqsiz holga kelsa, ular ta’mirlanadi yoki nosozliklari bartaraf etiladi. Ilgari buning uchun zarur mablagʻlar respublika byudjetidan ajratilar edi, endi esa – Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari hisobidan ajratiladi.   

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Lenara Xikmatova.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_