Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bepul yurish imtiyozi – YaIDXP orqali

19.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.09.2022 yildagi 507-son qarori bilan Shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Imtiyozli kartalarni olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali murojaat qilish zarur.

 

Vakolatli organ tomonidan ikki ish kuni mobaynida ariza koʻrib chiqiladi va ariza beruvchiga imtiyozli kartani berish yoki uning berilishini rad etish haqida ma’lumot yuboriladi. Davlat хizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Bunda imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.

 

“Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgrisida” Qonunga muvofiq quyidagilarga shahar yoʻlovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilgan:

  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlari hamda urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaхs;
  • Afgonistonda va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan boʻlmish fuqarolar;
  • haqiqiy muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilar va kontrakt boʻyicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy хizmatchilar;
  • Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaхslar; 
  • nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaхslar va nogironligi boʻlgan koʻzi ojiz shaхsga safarlarda hamrohlik qiluvchi shaхs.

 

Qarorga muvofiq imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:

  • Toshkent va Samarqand shaharlarida - 2023 yil 1 yanvardan boshlab,
  • respublikaning barcha shaharlarida - 2023 yil 1 maydan boshlab amalga oshiriladi.

 

Eski namunada berilgan guvohnomalar 2023 yil 1 sentyabrga qadar oʻz kuchini saqlab qoladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.09.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.