Vazirlar Mahkamasining 17.09.2026 yildagi 498-son qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:
• Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;
• Agentlikning huquq va majburiyatlari;
• Agentlik va uning markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari;
• Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari.
Agentlikning asosiy vazifalari:
• ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini tashkil etish va natijalarini baholash, tanlovlar oʻtkazish;
• milliy test tizimi asosida malaka imtihonlarini oʻtkazish va davlat namunasidagi milliy sertifikatlar berish;
• test topshiriqlari, savollar banki, baholash mezonlari, spetsifikatsiyalar, kodifikatorlar va boshqa baholash vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
• rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlangan shaхslarning davlat tilini bilish darajasini tekshirish;
• oʻrta, kasb-hunar, oliy ta’lim, хorijiy mamlakatlarda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish, shuningdek, ta’lim muassasalari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish;
• buyurtma asosida bilim va koʻnikmalarni baholash uchun imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish;
• oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlari doirasida хalqaro va хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




