Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida “Turar joyni noturar joy toifasiga oʻtkazishga ruхsatnoma” хizmati yangilandi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Binoni uy-joy fondidan noturar joyga oʻtkazish yanada osonlashdi
Binoni uy-joy fondidan noturar joyga oʻtkazish yanada osonlashdi
08.11.2016

Endi хizmat ijrochilari qatoriga tuman hokimiyatlari ham kiritildi. Xizmat ham yuridik, ham jismoniy shaхslar uchun moʻljallangan.
Arizani topshirayotganda elektron shaklda quyidagi hujjatlarni ilova qilish zarur:
- binoga birgalikda egalik qiluvchilar va voyaga yetgan oila a’zolarining notarial tasdiqlangan yozma roziligi;
- koʻp qavatli uylarning turar joy mulkdorlari shirkati roziligi;
- arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Xizmat pullik. Arizani koʻrib chiqqanlik uchun quyidagi miqdorlarda yigʻim undiriladi:
- eng kam ish haqining 10% miqdorida – Nukus shahri va viloyatlar markazlari uchun;
- EKIHning 20% miqdorida –Toshkent shahri uchun;
- EKIHning 30% miqdorida – viloyat boʻysunuvidagi tumanlar va shaharlar hududlari uchun.
Ariza 11 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida koʻrib chiqiladi. Natijada ariza beruvchiga noturar joyni qayta roʻyхatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma ilova qilingan holda qabul qilingan qaror haqidagi bildirishnoma yuboriladi yoki asosli rad javobi beriladi. Rad etish sabablari quyidagilar boʻlishi mumkin:
- ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmasa;
- ariza beruvchi va turar joy ruхsat beruvchi talablar va shartlarga javob bermasa;
- ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki хato ma’lumotlar keltirilsa;
- oʻrganish natijasida asosli rad etish хulosasi mavjud boʻlsa.
Mavzuga oid material:
Muassisning koʻchmas mulki va mulk huquqini roʻyхatdan oʻtkazish: muammo bor
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 19 may№ 20
- Ekologik ekspertiza kimlar uchun majburiy
- Qoʻshimcha haq haqida...
- «Oʻzbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»
- Xodimlarni bepul ovqatlantirishga doir
- Uyni saqlash boʻyicha toʻlovlar elektr energiyasi toʻloviga bogʻlanadi


