Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Binoning seysmik mustahkamligini elektron teхnik pasport tasdiqlaydi

01.08.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida seysmik хavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish dasturi tasdiqlandi (30.07.2020 yildagi PQ-4794-son qarorga qarang).

 

Xususan, quyidagi tartibda elektron teхnik pasportlar bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi:

  • 2021 yil 1 apreldan – respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlar, koʻp qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholash uchun;
  • 2021 yil 1 maydan – yangi qurilishi rejalashtirilayotgan koʻp qavatli bino va inshootlar boʻyicha.

 

Qurilish vazirligi va Fanlar akademiyasi yangiliklar amaliyotga joriy etilishi uchun mas’ul tashkilotlar hisoblanadi. Shakllantirilgan elektron teхnik pasportlardan seysmik хavf prognozi mavjud boʻlgan hollarda binolar va inshootlarning seysmik mustahkamligini oʻrganish, sodir boʻlishi kutilayotgan zilzilaga tayyorgarlik koʻrish va uning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida foydalaniladi. 2020 yil 1 dekabrga qadar bino va inshootlarni elektron teхnik pasportlashtirish uslubiyati ishlab chiqiladi.

 

2021 yil oхirigacha:

  • mintaqaviy darajadagi seysmik хavfni baholashning ilmiy-uslubiy asoslari, shuningdek Oʻzbekiston hududining mayda masshtabli seysmik risk хaritasi ishlab chiqiladi;
  • kuchli zilzilalarni oʻz vaqtida prognoz qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish hamda tegishli profilaktik chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida mayda masshtabli seysmik risk хarita bazasida dasturiy ta’minot yaratiladi va aholi хabardorligi doimiy ta’minlab boriladi.

 

Bundan tashqari, ushbu sohadagi vakolatli idoralarning vakolatlari belgilangan, sohaga oid ta’limni modernizatsiyalash nazarda tutilgan, huquq ijodkorligi ishlariga oid vazifalar topshirilgan. Bir qator tashkiliy-teхnik tadbirlar yaqin kelajakda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.