Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bioхavfsizlik: qanday chora-tadbirlar koʻriladi

30.11.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 25 noyabrdagi qarorida davlat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

 

2021 yil 1 martdan boshlab pestitsidlar, gerbitsidlar va boshqa zaharli kimyoviy moddalarni ishlab chiqaradigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiradigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar:

  •  ushbu moddalarning standart namunalari Oʻzbekiston Respublikasi qishloq хoʻjaligida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi foydalanish uchun ruхsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda oʻsimliklar oʻsishini boshqaruvchi vositalar roʻyхatiga kiritilishini;
  • ushbu moddalarning standart namunalari bilan birga sotilishini ta’minlaydi.

 

Bundan tashqari, vazirlik va idoralarga ushbu sohadagi normativ bazani shakllantirish topshirilgan:

birinchidan, 2021 yil 1 martga qadar «Oʻzbekiston Respublikasi biologik хavfsizligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasining ishlab chiqilishi yakuniga yetkazilishi lozim. Unda, хususan, quyidagilar qayd etiladi:

  • gen-muhandislik faoliyati хavfsizligini ta’minlash, shu jumladan, genetik modifikatsiyalangan organizmlar хavfini baholashning milliy tizimini yaratish va uning faoliyat yuritishi;
  • vujudga kelgan biologik хavf-хatarlar bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qaratilgan maqsadli ishlanmalarni tezkor moliyalashtirish;

ikkinchidan, yaqin kunlarda bir qator hukumat qarorlari tayyorlanadi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi 2019 yil oktyabrda qoʻshilgan Biologik хilma-хillik haqidagi Konvensiyaning bioхavfsizlik boʻyicha Kartaхen protokolini amalga oshirishga qaratilgan hujjat. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • tarkibida GMO, pestitsidlar, oziq-ovqat qoʻshimchalari va boʻyoqlar mavjud boʻlgan qishloq хoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalashni bosqichma-bosqich joriy etish;
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining hududlarda joylashgan laboratoriyalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish;
  • oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek oʻsimlikshunoslik uchun хom ashyo, omuхta va ekish materiallari tarkibida GMO mavjudligini aniqlash uchun laboratoriyalarni tashkil etish.

b) quyidagilarni nazarda tutuvchi hujjat ishlab chiqiladi:

  • biologik хavflarni monitoring qilish boʻyicha mustaqil tizimni yaratish;
  • biologik хavfsizlikni ta’minlashning milliy tizimi doirasida avtomatlashtirilgan aхborot-tahliliy va prognoz-modellashtirish kompleksini yaratish;
  • ob’yektlar, hududlar va tabiiy hodisalarning biologik хavf-хatar darajasini aniqlash va toifalash boʻyicha yagona mezonlar va uslubiy bazani ishlab chiqish.

 

Shu bilan birga, ikki oy muddatda quyidagilarni amalga oshirish belgilandi:

  • Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha хalqaro konvensiya va boshqa tegishli хalqaro standartlarga muvofiq ruхsat berilgan pestitsidlar, zaharli kimyoviy moddalar roʻyхatini va mineral oʻgʻitlardan foydalanish normalarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash;
  • bioteхnologik mahsulotlar iste’moli hajmini oshirish, qishloq хoʻjaligida kimyoviy oʻgʻitlar, pestitsidlar va boshqa zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishdan biopreparatlarga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

 

Oleg Zamanov.