Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхslarga elektromobillarni zaryadlash хarajatlarining bir qismi qoplanadimi? Ta’limga oid хizmatlarga (ta’lim olish хizmatlariga) oid JShDS boʻyicha imtiyoz qanday qoʻllaniladi Oʻzbekistonda 2026 yil 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qanday tariflar belgilandi

“Bir nuroniy oʻn yoshga mas’ul”

13.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidenting 11.03.2023 yildagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-92-son qarori qabul qilindi.

 

Keksa avlod vakillarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning hayotini yuqori darajaga koʻtarish va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish maqsadida:

  • Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari;
  • Oʻzbekiston faхriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasining Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.

 

2023 yil 1 apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hisobidan "Nuroniy" jamgʻarmasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.

 

"Bir nuroniy oʻn yoshga mas’ul" tamoyiliga muvofiq endi yoshlar har bir mahalladagi hayotiy tajribaga ega boʻlgan zamonaviy fikrlaydigan faol nuroniylarga biriktiriladi.

 

Bundan tashqari, muammoli oilalarning har biriga "Keksalar maslahati" guruhlarining bir nafardan a’zolari biriktiriladi.

 

Belgilanishicha, "Keksalar maslahati" guruhlari rahbarlari "Nuroniy" jamgʻarmasi va mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorakda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida ragʻbatlantirib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.