Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bir qator idoralarning byudjet boʻyicha vakolatlari kengaytirildi

04.01.2021

Rus tilida oʻqish

 

Byudjet kodeksiga va «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi (30.12.2020 yildagi OʻRQ-660-son Qonunga qarang).

 

Quyidagi organlar hamda byudjet boʻyicha ularga beriladigan qoʻshimcha vakolatlari toʻgʻrisida soʻz bormoqda:

a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda shaharlar va tumanlar Kengashlari:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qiladi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasining byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
  • tegishli byudjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;

b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar Kengashlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga byudjet soʻrovini tuzish uchun ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini koʻrib chiqadilar hamda tasdiqlaydilar;

v) Moliya vazirligi:

  • oʻrta muddatli byudjetni tayyorlash jarayonini ikki bosqichda (tuzish va tayyorlash) amalga oshirish boʻyicha yagona uslubiy qoʻllanmalar toʻplamini (sirkulyarni), shuningdek Davlat byudjetini shakllantirishda byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlarini yetkazish hamda qayta koʻrib chiqish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
  • birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning takliflari asosida Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan kundan e’tiboran bir oylik muddatda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun respublika byudjetidan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
  • birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning takliflari asosida ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga ma’qullash uchun kiritadi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar roʻyхatini tasdiqlaydi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy byudjetlarning loyihalarini tayyorlash boʻyicha tavsiyalar yuboradi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.