Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
6 foizlik soddalashtirilgan QQSga oʻtish: salbiy farq va hisobga olingan QQSni nima qilish kerak 2026 yil sentyabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi «Toshkent» XMM: kimlar ishtirokchi boʻlishi mumkin va yangi qonun qanday imtiyozlar beradi

Birjada zargarlik buyumlarini sotishda chegirmalar uzaytirildi

16.10.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.10.2025 yildagi PQ-303-son qarori bilan zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga boʻlgan talabini qondirish choralari belgilangan. 

 

Qimmatbaho metallarni birja savdolari orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotishda taqdim etiladigan chegirmalarning amal qilish muddati 2029 yil 1 fevralgacha uzaytiriladi. Eslatib oʻtamiz, chegirmalar Prezidentning 23.12.2022 yildagi PQ-452-son qaroriga muvofiq taqdim etilgan.

 

2026 yil 1 fevraldan mazkur chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlari roʻyхatini shakllantirishda quyidagi qoʻshimcha mezonlar hisobga olinadi:

  • tashkil etilgan yangi ish oʻrinlariga (mashgʻulotlarning хalqaro standart klassifikatori - MSKZ - 08, kod 7313) ishga qabul qilingan zargarlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzish, ularga MHTEKMning 4 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblash (soliq organlari tomonidan tasdiqlangan holda);
  • tadbirkorlik sub’yektining zargarlik markazlarida kamida bir oy davomida faoliyat yuritishi.

 

Shuningdek, oltinni birja savdolari orqali va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotish hajmini oshirish choralarini koʻrish rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.10.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova