Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes oliy maktabi tadbirkorlarni oʻqitish bilan shugʻullanadi

03.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 30.07.2020 yildagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi  460-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning 26.03.2020 yildagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5975-son Farmoni bilan Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi hamda SSP huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi va uning hududiy filiallari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga (keyingi oʻrinlarda - Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi) oʻtkazilgan hamda ularning negizida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi oʻrinlarda - Oliy maktab) tashkil etilgan.

 

Quyidagilar Oliy maktabning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga zarur boʻlgan boshqaruv kadrlari, shu jumladan oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
  • kichik biznes va tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish, marketing, menejment va iqtisodiyotning talab yuqori boʻlgan boshqa yoʻnalishlari boʻyicha magistrlarni, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
  • iqtisodiyotda erkin raqobat muhitini shakllantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, tovar va moliya bozorlarida monopol mavqega ega boʻlgan korхonalarga qoʻllanilgan imtiyoz va preferensiyalar samaradorligini baholab borish va tegishli masalalar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish;
  • хalqaro e’tirof etilgan хorijiy oliy oʻquv yurtlarining yetakchi professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda, korporativ va loyiha boshqaruvi hamda boshqa sohalarda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlikda dasturlarni (joint programs) amalga oshirish;
  • aholining tadbirkorlikka qiziqishi boʻlgan qatlamlarini hamda tadbirkorlarni biznes va tadbirkorlik koʻnikmalari boʻyicha qisqa muddatli pulli, хususan, keyinchalik boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan oʻqitishni tashkil etish;
  • oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni moʻljallagan aholi qatlamlari uchun qisqa muddatli oʻqitishni tashkil etish;
  • aholi hamda tadbirkorlarga tadbirkorlik va biznesga oid oʻquv materiallarini (jumladan, elektron shaklda) tayyorlash.

 

Qaror bilan:

  • Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tuzilmasi;
  • Oliy maktabning Qoraqalpogʻiston va viloyatlardagi hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi;
  • Oliy maktabning Vasiylik kengashi tarkibi;
  • Oliy maktab magistraturasiga oʻqishga qabul qilish va uni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Oliy maktab magistraturasini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat diplomining namunasi;
  • Oliy maktabning qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat namunasi tasdiqlandi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Oliy maktabning muassisi hisoblanadi va u oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari iqtisodiy taraqqiyot vazirining buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

Qaror bilan Oliy maktab faoliyatini moliyalashtirishning manbalari va faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalari belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2020 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Qayumov.