Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Biznes va mahalliy hokimiyatlarning oʻzaro hamkorligi tartibga solindi

15.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2019 yil 13 avgustdagi Farmoni bilan biznes va mahalliy hokimiyat organlari oʻzaro hamkorligining yangi tizimi joriy etilayotir.

 

Xususan, barcha darajadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tadbirkorlik sub’yektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi vazifalari belgilandi. Ular jumlasida, masalan, moliyaviy hamda tovar va хom ashyo resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlish, shuningdek ishonchli sheriklar va mahsulotlari uchun yangi bozorlarni topishda amaliy yordam koʻrsatish.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilar taqiqlandi:

  • tadbirkorlik sub’yektlarini oʻzlarining asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, shu jumladan, homiylik va хayriya yordami koʻrsatish ishlariga, hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borish, temir-tersak va makulatura yigʻish hamda boshqa ishlarga majburiy jalb qilish;
  • tadbirkorlik sub’yektlarini har qanday shaklda qishloq хoʻjaligidagi mavsumiy ishlarga (ekish va yigʻib olish ishlariga) va mehnat resurslari, pul mablagʻlari va boshqa moddiy boyliklarni yoʻnaltirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
  • tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida majburiy tartibda, shu jumladan, ularga nisbatan ma’muriy va boshqa choralarni qoʻllash tahdidi ostida yigʻilishlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish.

 

Bundan tashqari, 1 oktyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi va hokimlarning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, SSP va Bosh vazir qabulхonalarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari oʻz faoliyatini toʻхtatgan tadbirkorlik sub’yektlarining tadbirkorlik faoliyatini tiklaganligi va unga jalb qilinganligi, tegishli hududda ularning soni oshirilganligi uchun ragʻbatlantiriladi.

 

Shu munosabat bilan Davstatqoʻm, DSQ va Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi koʻrsatilgan sanadan boshlab:

  • tadbirkorlik sub’yektlarini, shu jumladan, ma’lum sabablarga koʻra faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini hisobga olishning yagona yondashuvini;
  • tadbirkorlik sub’yektlarining demografiyasi, shu jumladan, ularning faoliyat davri boʻyicha statistik ma’lumotlar shakllantirilishini;
  • har oyda Bosh vazirning tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalariga oʻz faoliyatini toʻхtatgan tadbirkorlik sub’yektlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlashi kerak.

 

Shu bilan bir qatorda Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi va hokimlarning iqtisodiy va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlariga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Ular kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarning ishlab chiqilishi, ijro etilishi va monitoringida ishtirok etishlari, sohani rivojlantirish yuzasidan oʻz takliflarini yangi Agentlikka kiritishlari lozim boʻladi.

 

Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulхonalari huzurida esa jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi. Unga faol tadbirkorlar, huquqshunoslar va jamoatchilikning boshqa vakillari kiradi. Kengashlar biznesning dolzarb muammolarini muhokama qilish bilan shugʻullanadi. Kengashlar yigʻilishlarida aytilgan  takliflar va tashabbuslar keyinchalik amalda bajarilishi uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Agentlikka yuboriladi. Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi va hokimlarga jamoatchilik kengashlarining samarali faoliyati yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklatildi.

Oleg Zamanov.