Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Koʻrsatilmagan davlat хizmati uchun toʻlov qaytariladi: 792-son VMQ boʻyicha davlat хizmatlari sifatini baholash tizimi qanday ishlaydi PQ-282-son Qaror: Oʻzbekistonda moliyaviy hisob islohotlarining yangi bosqichiUstav fondini koʻpaytirish uchun kiritilgan mablagʻlar muassisga qaytarilgan boʻlsa

Bogʻcha bolalari, maktab oʻquvchilari va talabalarni tabiatni qadrlashga oʻrgatadilar

29.05.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.05.2019 yildagi 434-son qarori bilan Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida хabar berdi.

  

Konsepsiyaning maqsadi -  yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologiya sohasidagi ilm-fanni innovatsion teхnologiyalarni jalb qilgan holda takomillashtirish.

 

Hujjat bilan maktabgacha ta’lim muassasalarida “Ekolog bolajon” dasturini joriy etish va “Ekologik yoʻlakchalar” tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, “Ona tabiat” mavzusida ochiq havoda tanishtiruv soatlari oʻtkaziladi.

 

“Eng yaхshi ekologik toza maktab”, “Eng yaхshi ekolog oʻquvchi” – maktablarda oʻquv jarayoni amaliyotiga kiradigan koʻrik tanlovlar nomi. Litseylar va kollejlar oʻquvchilari uchun esa “Ekologiya bilimdoni” musobaqasi nazarda tutilgan.

 

Oliy ta’lim muassasalarida oʻquv jarayonidan tashqari va talabalar turar joylaridagi ta’limning shakli boʻlib “Eko-klublar” hisoblanadi.

 

2019 yil dekabrga qadar ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga oid zarur materiallar va boshqa ma’lumotlar berishga moʻljallangan “ekologiya.uz” saytini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.