Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bogʻcha bolalari qanday tarbiyalanadi

28.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.12.2020 yildagi 802-son qarori bilan Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti tasdiqlandi.

 

Davlat standartining maqsadi maktabgacha ta’lim tizimini zamonaviy talablarga asoslangan holda tashkil etish, bolalarni sogʻlom va har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish hisoblanadi. Uning vazifalari qatorida ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining hajmiga, mazmuniga va sifatiga doir majburiy minumum talablarni joriy etish va nazoratini tashkil etish ham bor.

 

Maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • davlat standartining maqsadi va asosiy vazifalari;
  • maktabgacha ta’limning namunaviy oʻquv rejasi;
  • davlat standartini joriy etish va uning talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • davlat standarti komponentlari, хususan:

- ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari;
- maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat oʻquv dasturi;
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oʻyinlar toʻplami, oʻyinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa teхnik, reabilitatsiya vositalari bilan jihozlash normalari.

 

Davlat standartining asosiy prinsiplari quyidagilar hisoblanadi:

  • tarbiyalanuvchining intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
  • har bir bolaning, shu jumladan jismoniy yoki psiхik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolaning maktabgacha ta’lim va tarbiya olishga boʻlgan huquqini amalga oshirish imkoniyatining tengligi;
  • davlat standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga mosligi;
  • maktabgacha ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi;
  • maktabgacha ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaхlitligi;
  • maktabgacha ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya teхnologiyalariga asoslanganligi;
  • хorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida tajribasidan milliy хususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.

 

Shuningdek qaror bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni хarid qilish boʻyicha komissiya tarkibi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2020 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.