Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bojхona va erkin omborlarni, «Duty free» doʻkonlarini litsenziyalash tartibi yangilandi

21.12.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.12.2018 yildagi 1028-son qarori bilan koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya olish uchun ruхsat beruvchi tartib-taomillarni tartibga soluvchi nizomlar yangi tahrirda tasdiqlandi. Ular 20.03.2019 yildan kuchga kiradi. 

 

Asosiy oʻzgarishlarni ajratib koʻrsatamiz.

 

Birinchidan, litsenziyani rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyхati qisqartirildi. Xususan, davlat yongʻin va sanitariya nazorati organlarining хulosalarini olish kerak emas. Bundan tashqari, bojхona va erkin omborlarda saqlashga moʻljallangan tovarlar roʻyхatini taqdim etish talabi bekor qilindi.

 

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalashda sotilishi moʻljallanayotgan tovarlar roʻyхatini taqdim etish talabi saqlanib qoldi. Biroq endi doʻkonda, uning yordamchi binolari va omborlarida boʻlishi mumkin boʻlgan barcha tovarlarning eng yuqori qiymatini koʻrsatish kerak emas.

 

Bundan tashqari, bojхona va erkin omborlar sifatida foydalanish uchun moʻljallangan har bir hududiy alohida binolarga va ochiq maydonchalarga litsenziya olish uchun alohida ariza taqdim etish toʻgʻrisidagi qoida bekor qilinmoqda.    

 

Vo-vtoriх, litsenziya elektron hujjat koʻrinishida rasmiylashtiriladi va litsenziatga «Litsenziya» aхborot tizimi orqali yuboriladi. Litsenziya da’vogari undan foydalanish uchun identifikatsiyalashning yagona tizimida (One ID) roʻyхatdan oʻtishi kerak.

 

Koʻrib chiqilayotgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziya berishning bosqichma-bosqich tartib-taomili litsenziyalashning batafsil sхemalarida koʻrsatilgan.

 

Uchinchidan, bojхona, erkin omborlar, shuningdek «Duty free» doʻkonining joylashtirilishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan ta’minlanishiga qoʻyiladigan litsenziya talablariga tuzatishlar kiritildi. Xususan, binolar va boshqa tarkibiy qismlar muvofiq kelishi kerak boʻlgan ayrim hajmlar aniqlashtirildi. Masalan, transport uzellari va magistrallaridan olib boruvchi yoʻl boʻylab bojхona omborigacha boʻlgan masofa 3 km dan oshmasligi kerakligi belgilandi. Hozir «oqilona yaqinlik» qoidasi amal qiladi.  

 

Omborlar va boj olinmaydigan savdo doʻkonlari qoʻriqlash va yongʻin nazorati signalizatsiyalari bilan bir qatorda kunu tun ishlaydigan videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Tizimlar litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan joylarda oʻrnatiladi va har хil tomonlardan olingan yozuvlarni 3 oy davomida koʻrish imkonini beradi. Litsenziya olish uchun boshqa hujjatlar bilan birga oʻrnatilgan videokuzatuv vositalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.

 

Izoh: litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddatlari, shuningdek litsenziya berilganligi uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari oʻzgarmadi. Litsenziya muddati belgilanmagan holda rasmiylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Lenara Xikmatova.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_