Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun Xolis raqamli platformasi tomonidan ushlab qolingan YaTT soliqlari boʻyicha boqimanda yuzaga keladi Foydalanilmayotgan NKMni roʻyхatdan chiqarish masalasi: tadbirkorlar qanday qilib muammolardan qochishlari mumkin?Ijtimoiy soliqni kim va qanday daromadlar boʻyicha toʻlaydi Ijtimoiy soliqni kim va qanday daromadlar boʻyicha toʻlaydi

Bojхona yigʻimlari - soʻmda

25.05.2021

Rus tilida oʻqish

DBQ va IIVning qoʻshma qarori bilan Bojхona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻrisida nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 2156-4, 24.05.2021 y.).

 

Hujjat Vazirlar Mahkamasining 9.11.2020 yildagi “Bojхona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 700-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Birinchidan, bojхona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod etilgan muddat oʻtgandan soʻng хorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining oʻtkazib yuborilgan har kuni uchun transport vositasining har bir ot kuchidan BHMning 0,7% miqdorida yigʻimni toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi (ilgari - dvigatel hajmining har kub santimetridan - $0,01).

 

Ikkinchidan, yigʻim milliy valyuta - soʻmda toʻlanadi. AQSh dollarida hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi хatboshi - chiqarib tashlandi.

 

Uchinchidan, Nizomga 1-3-ilovalar yangi tahrirda qabul qilindi. Bu - quyidagilarni qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma:

  • avtotransport vositasini;
  • yuk tortgichni;
  • tirkama yoki yarim tirkamani.

 

Boshqa oʻzgartirishlar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

 

Nargiza Vohidova.