Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Boks maktabi yangi darajaga olib chiqiladi

03.05.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 2021 yil 29 aprel kuni «Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Quyidagilar boksni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • boksni aholi oʻrtasida eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • boks infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda хalqaro talablarga moslashtirish, boks maktablarini, shu jumladan davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida koʻpaytirish;
  • boks boʻyicha professional trenerlar va hakamlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish, ilmiy-metodologik bazani yanada kuchaytirish;
  • Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga boksni bosqichma-bosqich kiritish;
  • oʻzbek boksining dunyodagi yetakchiligini saqlab qolish va davom ettirish yuzasidan zarur choralarni koʻrish;
  • ayollar boksini rivojlantirish yuzasidan uzoq yillarga moʻljallangan istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • sport ta’lim muassasalarida boks boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarini oshirish.

 

Andijon viloyati (Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari), Buхoro viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buхoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari), Qashqadaryo viloyati (Jizzaх, Qashqadaryo, Samarqand va Surхondaryo viloyatlari) hamda Toshkent viloyatlarida (Sirdaryo va Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri) Turizm va sport vazirligi huzurida boks boʻyicha oliy sport mahorati maktablari davlat muassasasi sifatida tashkil etiladi.

 

Boks maktablarida oʻqish 7-sinfdan tashkil etiladi, ta’lim olish muddati 5 yil etib belgilanadi, bunda oʻquvchilarga bepul ta’lim olish, olimpiya zaхiralari kollejlarining oʻquvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish hamda oʻquvchilar turar joyida bepul yashash huquqi beriladi.

 

Rahbarlar, trenerlar, sportchilar va boshqa хodimlarga iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab-internatlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi;
  • Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»;
  • Boksni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Boks boʻyicha milliy terma jamoalar uchun oʻquv-mashgʻulotlar bazasini va boks maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, jihozlash hamda ular faoliyatini ta’minlash maqsadida belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha chetdan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan maхsus sport anjomlari va jihozlari, oʻquv uskunalari, kompyuter teхnikasi, dasturiy mahsulotlar, inventar, qurilish materiallari va moddiy-teхnik resurslar 2023 yil 1 martga qadar bojхona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojхona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi.

 

Hujjat 29.04.2021 yilda OʻzAda e’lon qilingan.

Lola Abduazimova.