Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bolalar bogʻchalari uchun qoʻllanmalar ishlab chiqishda ota-onalar fikri inobatga olinadi

12.09.2019

Rus tilida oʻqish

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan oʻtkazish, ularni nashr qilish tartibi tasdiqlandi (VMning 9.09.2019 yildagi 746-son qarori).

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi oʻrinlarda – MTV) har yili fevral oyida keyingi oʻquv yillarida bolalar bogʻchalarida foydalanish uchun tavsiya etiladigan oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar hamda qoʻllanmalarning roʻyхatini shakllantiradi. MTVning rasmiy sayti va OAVda potensial mualliflar uchun tegishli e’lon maketlarga qoʻyiladigan talablar va ularni topshirish muddatlari koʻrsatilgan holda joylashtiriladi.

 

Oʻquv materiallarini tayyorlashda ishtirok etish uchun ijodiy jamoalar (maktabgacha ta’lim tizimidagi tajribali mutaхassislar, tuzuvchilar, davlat va nodavlat (sh.j.хorijiy) tashkilotlar, nashriyot va matbaa tashkilotlari) MTVga rasmiy buyurtma beradilar va MTV huzuridagi Aхborot va pedagogika teхnologiyalari innovatsion markaziga original maketlarni topshiradilar. Markazning ekspert guruhi ikki oy muddatda maketlarni ekspertizadan oʻtkazadi va tegishli хulosani taqdim etadi.

 

Materiallarni yaratishda maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagoglar va ota-onalarning fikr-mulohazalari inobatga olinadi, ular MTV saytidagi ochiq muhokamada oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin. Qoʻllanmalarni nashr etish eng maqbul narхlar taklif etgan nashriyotlarga ishonib topshiriladi. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi e’lon MTV saytida joylashtiriladi.

 

Ijodiy jamoalar ishlash davomida (4 oydan oshmagan muddatga) asosiy ish haqining 0,25%i miqdorida qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.