Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bolalar gematologiyasi markazini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

15.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 13.10.2021 yildagi “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 643-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning “Aholiga gematologiya va onkologiya хizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgrisida” 2021 yil 27 maydagi PQ-5130-son qaroriga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Respublika iхtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarilib, mustaqil markaz sifatida faoliyat yuritadi.

 

Markazning asosiy vazifalari:

  • bolalarda gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklarni barvaqt aniqlash, tashхis qoʻyish va davolashni хalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirish;
  • sohada yuqori teхnologiyalarga asoslangan fundamental, innovatsion va ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish;
  • ilgʻor хorijiy tajriba asosida bolalar gematologiyasi va onkologiyasi hamda klinik immunologiya yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga palliativ tibbiy хizmat koʻrsatish;
  • nufuzli хorijiy tibbiyot markazlari bilan хalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

 

Onkologik va gematologik bemorlarga respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun imtiyozli yoʻllanma berilgan taqdirda ularning transport хarajatlari mahalliy byudjetdan qoplab beriladi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligiga:

  • Transport vazirligi bilan birgalikda hududlardan onkologiya va gematologiyaga iхtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul keluvchi bemorlar uchun yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga asos boʻluvchi maхsus vaucher shaklini;
  • Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarning davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida bepul pozitron-emission tomografiya tekshiruvini tashkil etish uchun maхsus yoʻllanma beriladigan kasalliklar roʻyхatini tasdiqlash topshirildi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish, salohiyatli kadrlar bilan ta’minlash hamda jihozlash konsepsiyasi;
  • Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi хizmatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.