Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bolalar gematologiyasi va onkologiyasini davolashda ustuvor vazifalar belgilandi

24.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.05.2024 yildagi «Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam krsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 183-son qarori qabul qilindi.

 

Quyidagilar bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi sohasini rivojlantirishning ustuvor vazifalari:

  • 2030 yilgacha onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning omon qolish darajasini 60 foizga oshirish;
  • bemor bolalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash;
  • soha uchun zamonaviy diagnostika, davolash va reabilitatsiya qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega mutaхassislarni tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ushbu yoʻnalishda ilgʻor fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar olib borish va boshqalar.

 

Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) etib qayta nomlandi. U respublikada bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi хizmatiga boshchilik qiladigan davlat klinik va ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hisoblanadi.

 

Markazning yuqori boshqaruv organi Kuzatuv kengashi hisoblanadi. Markaz direktori Kuzatuv kengashining taqdimiga binoan sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 

Markaz huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Onkologik va gematologik kasalliklariga chalingan bolalarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish Jamgʻarmasi tashkil etildi.

 

2024 yil 1 iyuldan boshlab onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

 

2024 yil 1 iyundan Markaz oʻrin-joy fondi 250 tagacha kengaytiriladi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hamda samarali tashkil etish buyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi;
  • Markazning kuzatuv kengashi tarkibi;
  • Jamgʻarma faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari;
  • bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi хizmatining tashkiliy tuzilmasi.

 

Hujjat bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova