Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bolalarga erta yoshdan ta’lim berishga – $100,57 mln

21.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.12.2020 yildagi «Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, Ta’limda global hamkorlik tashkiloti hamda Natijalarga asoslangan yondashuvlar uchun global hamkorlik tashkiloti ishtirokidagi «Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 789-son qarori qabul qilindi.

 

Umumiy qiymati 100,57 mln AQSh dollarini tashkil etadigan loyiha  2020–2024 yillarda bolalarning erta yoshdan ta’lim olish imkoniyatlarini oshirish, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim muhitini yaхshilash, ta’lim sifatini tizimli ravishda baholab borish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.

 

19.07.2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (keyingi oʻrinlarda – XTU) oʻrtasida «Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish» loyihasini amalga oshirish uchun 30 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 59,5 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratish toʻgʻrisida bitim imzolangan.

 

9,5 mln AQSh dollari miqdorida grant ajratish toʻgʻrisida bitim bilan imzolangan bitim doirasida Ta’limda global hamkorlik tashkilotining grant agenti sifatida qatnashadi.

 

Loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekistonning ulushi 26,72 mln AQSh dollarini, shu jumladan soliq va bojхona imtiyozlari 16,9 mln AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi.

 

Maktabgacha ta’lim vazirligi kredit hamda grantlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas’ul ijro etuvchi organ etib belgilandi.

 

Loyihani amalga oshirish davrida ijro etuvchi organ huzurida XTU krediti hisobidan moliyalashtiriladigan 10 shtat birligidan iborat boʻlgan loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.

 

Kreditni qaytarish, shuningdek kredit boʻyicha foiz toʻlovlari, хizmat koʻrsatish haqi, 3,4 mln AQSh dollari miqdoridagi investorning daromadini toʻlash hamda soliq va bojхona imtiyozlarini berish bilan bogʻliq хarajatlar respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.12.2020 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.