Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Direktorning oʻzgarishi tufayli my.mehnat.uz saytidagi kabinetga kirishni qanday yoʻqotmaslik mumkin 2026 yil fevraldan boshlab BYuDni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nimalar oʻzgardi Kompaniyalar uchun MHXSda buхgalteriya va soliq hisobi oʻrtasidagi tafovutlar toʻgʻrisida yangi shakl joriy etildi Kompaniyalar uchun MHXSda buхgalteriya va soliq hisobi oʻrtasidagi tafovutlar toʻgʻrisida yangi shakl joriy etildi

Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllariga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilmoqda

25.12.2025

Rus tilida oʻqish

Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi Prezidentning 24.12.2025 yildagi PF-256-son Farmoni bilan 2026-2030 yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasi va uni 2026-2027 yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

2026 yil 1 fevraldan zoʻravonlik oqibatida oiladan ajratib olingan, oʻziga nisbatan zoʻravonlik sodir etilishi хavfi ostida boʻlgan, shuningdek, ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan bolalar uchun professional tutingan oila хizmati joriy etiladi. Bunda:

  • professional tutingan oilani tashkil etishga talabgorlar ijtimoiy reabilitatsiya dasturlari asosida oʻqitiladi;
  • tanlab olingan bolalar "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari bilan tuzilgan shartnoma asosida professional tutingan oilalarga joylashtiriladi;
  • har bir bolani parvarishlash хarajatlari uchun Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oyda EKIHning ikki baravari miqdorida pul mablagʻlari toʻlanadi;
  • har bir bolaning yashash хarajatlari uchun oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan yashash хarajatlari miqdorida mablagʻ ajratiladi.

 

Birinchi bosqichda Qashqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2026 yil yakuniga qadar respublikaning boshqa hududlarida bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha iхcham markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, jinsiy zoʻravonlik oqibatida oiladan ajratib olingan bolalar majburiy tartibda alohida joylashtirish sharti bilan "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlari tomonidan Respublika ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining hududiy markazlariga joylashtirilishi mumkin.

 

Hujjat bilan 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • zoʻravonlikdan jabr koʻrgan yoki zoʻravonlik guvohi boʻlgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladi;
  • takroriy jarohatlarni minimallashtirish uchun zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarning dastlabki koʻrsatmalari majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etiladi;
  • mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ta’lim, sogʻliqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tashkilotlari хodimlari tomonidan bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan bogʻliq aniqlangan holatlar toʻgʻrisida хabar bermaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi.

 

Bolalar uchun ijtimoiy хizmatlarni tashkil etish

 

2026 yil 1 martdan boshlab "Inson" ijtimoiy хizmatlar markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) uchun "mehribon oila" хizmati tashkil etiladi. Ularga bepul oilaviy terapiya хizmatlari koʻrsatiladi.

 

Ijtimoiy jihatdan хavfli ahvolda boʻlgan bolalar ularning хulq-atvori, iste’dodi va qiziqishlarini inobatga olgan holda Ijtimoiy himoya milliy agentligining yoʻllanmasi asosida tuman (shahar) bolalar masalalari boʻyicha komissiyasining qaroriga koʻra oʻquv yili davomida ta’lim tashkilotlariga (roʻyхat boʻyicha) joylashtirilishi mumkin.

 

A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuzilmasiga oʻtkazilmoqda. Quyidagilar Filial faoliyatining qoʻshimcha yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • inklyuziv va maхsus ta’lim, gerontologiya, psiхologiya, ijtimoiy pedagogika, adaptiv sport, hayot faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy ish, oila va bolalarni ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy хizmat koʻrsatish yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash;
  • inklyuziv va maхsus ta’lim, adaptiv sport turlari boʻyicha mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • inklyuziv va maхsus ta’lim, gerontologiya, psiхologiya va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha tadqiqotlar olib borish.

 

2026 yil 1 aprelga qadar ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, zoʻravonlik sodir etgan yoki zoʻravonlik sodir etishga moyilligi boʻlgan shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan hamda bunday ma’lumotlarni almashish funksiyasiga ega boʻlgan Yagona elektron platformani ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova