Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bolalarning ta’lim olishiga takror toʻsqinlik qilganlik uchun – 15 sutkagacha muddatga qamoq

11.01.2018


Bunday oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar 9.01.2018 yildagi OʻRQ-459-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, MJtKning 47-moddasida 2 ta ma’muriy huquqbuzarlik koʻzda tutilgan:

  • ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik (shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi) – ya’ni Oila kodeksining (OK) 73-moddasida koʻzda tutilgan majburiyatlarni pisand qilmaslik;
  • bolalarning majburiy umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan toʻsqinlik qilish – ya’ni OKning 73-moddasini buzishda faol harakatlarni bajarish.

 

Bunday qilmishlarni takror sodir etganlik uchun oshirilgan jarimalar va hatto 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq joriy etildi. Jadvalga qarang:

 

Huquqbuzarlik turi

Birinchi sodir etganda undiruv

Bir yil mobaynida takror sodir etganda undiruv

Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi.

EKIHning 1/2 dan 3 baravarigacha

EKIHning 3 dan 5 baravarigacha

Bolalarning majburiy umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar tomonidan toʻsqinlik qilish.

EKIHning 5 dan 10 baravarigacha

EKIHning 10 dan 20 baravarigacha yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq.

 

Bu – muhim! Mazkur huquqbuzarliklarni birinchi sodir etganda ish Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin. Takror sodir etilganda  esa – faqat ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida 10.01.2018 yilda e’lon qilindi, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar shu sanadan kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    


Samir Latipov.