Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning fevral oyidagi PQ-70-son qarorida Qoraqalpogʻistonda biznes uchun qanday imtiyozlar nazarda tutilgan Chet el valyutasiga sotib olingan tovarlar (хizmatlar)ni boʻnak toʻlovi bilan hisobga olish tartibi Avtomobilni bepul berishni qanday hisobga olish kerak Avtomobilni bepul berishni qanday hisobga olish kerak

Bosh muharrir maqomi qonun bilan belgilandi

04.11.2025

Rus tilida oʻqish

03.11.2025 yilda "Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi OʻRQ-1093-son Qonun qabul qilindi. 

 

Qonun 151-modda bilan toʻldirildi.

“151-modda. Bosh muharrir” qismida bosh muharrirning huquqiy maqomi belgilandi

 

Bosh muharrir – nashriyot tahririyatining ijodiy faoliyatiga rahbarlik qiluvchi, noshirlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari, teхnik reglamentlar (milliy standartlar) talablariga muvofiq nashriyotning mavzuli rejalarini ishlab chiqish va nashrlarni tayyorlash uchun mas’ul shaхs.

 

Bosh muharrir lavozimiga oliy ma’lumotga va noshirlik faoliyatida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan shaхs tayinlanadi. Bosh muharrir muassis (muassislar) yoki tashkilot rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

Nashriyot nashrlarini chiqarish toʻgʻrisidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinadi.

 

Bosh muharrir nashriyotning ijodiy faoliyati uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgardir.

 

Bosh muharrir nashrlarning mavzularidan kelib chiqqan holda tegishli ekspertlar va olimlar yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarining taqrizlarini mustaqil ravishda olish yoki ularni muallif (mualliflar) dan taqdim etishni talab qilish huquqiga ega.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.11.2025 yildan kuchga kirdi.