Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Bozorlar daromadlari boʻyicha – hisobotning yangi shakli

28.08.2018

Rus tilida oʻqish

 

Moliya vazirligi va DSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, bozorlar tomonidan olingan daromadlar boʻyicha hisobotning yangi shakli tasdiqlandi.

 

Bozorlar tomonidan olingan daromadlar boʻyicha hisobot shakli yangisiga almashtirildi. Eskisidan farqli ravishda, u 2 qismga boʻlingan:

  • Dehqon (oziq-ovqat) bozori tomonidan olingan daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • Savdo kompleksi tomonidan olingan daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.

 

Ilgari bozorlar ham, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51%dan kam boʻlmagan savdo komplekslari ham birgina shakl – Bozor tomonidan olingan daromadlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻldirar edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Irina Aхmetova.