Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bozorlardagi avtomobillarni vaqtincha saqlash joyiga belgilanganidan ikki baravar kam qat’iy belgilangan soliq solinadi

09.01.2017

Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi (27.12.2016  yildagi PQ-2699-son) Qarori bilan yuridik shaхslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq stavkalari qayta koʻrib chiqildi.

Endi 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun yuridik shaхslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkasi avtomobillarni vaqtincha saqlash joyi kimning balansida ekaniga bogʻliq holda qoʻllaniladi.

 

Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash uchun yuridik shaхslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi va quyidagilarni tashkil etadi:

  • Toshkent shahri uchun –1 kv.m uchun oyiga 0,1 EKIH;
  • Nukus shahri va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar uchun  –1 kv.m uchun oyiga 0,06 EKIH;
  • boshqa aholi punktlari uchun –1 kv.m uchun oyiga 0,04 EKIH.

 

Bunda bozorlar balansida boʻlgan avtomobillarni vaqtincha saqlash joylaridan qat’iy belgilangan soliq belgilanganidan ikki baravar kam stavkalar boʻyicha undiriladi:

  • Toshkent shahri uchun –1 kv.m uchun oyiga 0,05 EKIH;
  • Nukus shahri va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar uchun  –1 kv.m uchun oyiga 0,03 EKIH;
  • boshqa aholi punktlari uchun –1 kv.m uchun oyiga 0,02 EKIH.

 

Yuridik va jismoniy shaхslardan bolalar oʻyin avtomatlari boʻyicha olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari 2016 yil darajasida saqlanib qolindi va quyidagilarni tashkil etadi:

  • Toshkent shahri uchun – 1 ta jihozlangan oʻrin uchun 3 EKIH;
  • Nukus shahri va viloyat boʻysunuvidagi shaharlar uchun  – 1 ta jihozlangan oʻrin uchun 2 EKIH;
  • boshqa alohi punktlari uchun –1 ta jihozlangan oʻrin uchun 1 EKIH.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Muzaffar Mirzaaniyev,

ekspertimiz.

 

Mavzuga oid material:

 

Ishonch bildirilsin – tekshirilmasin!