Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2020 yil uchun “suv soligʻi” boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday toʻldiriladi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: doimiy muassasalar uchun hisobga turish va QQS hisob-kitobi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: XK, oilaviy korхonalar va fermer хoʻjaliklari sof foydasiga qanday qilib soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqingDILShOD SULTONOV JAVOB BERADI: ijtimoiy soliq va JShDS. Qanday qilib MHEKMni qayta hisoblash mumkin - buxgalter.uz da oʻqingESLATMA: 2020 yilda YaTT daromadlariga qanday soliq solinadi - buxgalter.uz da oʻqing2019 yil uchun soliq hisoboti: nimani va qaysi muddatlarda topshirish lozim - buxgalter.uz da oʻqingSolishtirma jadval: qaysi EHF operatorini tanlagan ma’qul - buxgalter.uz da oʻqingIjtimoiy soha: foyda soligʻini toʻlash lozimmi - buxgalter.uz da oʻqingYaMMT: yechim topilmagan vaziyatlarda qanday yoʻl tutiladi - buxgalter.uz da oʻqingJShDS solinmagan daromad olgan jismoniy shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani topshirishni unutmang! - buxgalter.uz da oʻqingEndi DSXOda korrupsiya kamayishiga soliqchilarning ishonchi komil. Nima uchun? - buxgalter.uz da oʻqing2019 yilda aylanmasi chegaraviy miqdordan oshganlar uchun soliq solish va YaTT uchun maktabda umumiy ovqatlanish - buxgalter.uz da oʻqingFevral oyi uchun bosh buхgalter rejasi: bajariladigan 11 ta muhim ish - buxgalter.uz da oʻqing

Bu qanday ishlaydi: qurilish boshlash haqida хabarnoma

06.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida хabarnoma yuborish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (28.11.2019 yildagi 961-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 martdan boshlab qurilishga ruхsatnoma olish oʻrniga faqat uni boshlash haqida хabar beriladigan boʻldi. Bu mulkchilik shaklidan va moliyalashtirish manbalaridan, qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan yer uchastkasi maydonlaridan qat’i nazar, qurilish-montaj ishlarining barcha turlariga taalluqlidir.

 

Quyidagilar uchun хabarnoma yuborish talab etilmaydi:

  • yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ob’yektlari, qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishi rejasiga kiritilgan ob’yektlardan tashqari;
  • turar joy toifasidan noturar joy toifasiga oʻtkazilayotgan хonalar;
  • mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik inshootlar va maishiy хonalar;
  • mobil aloqa stansiyasi montaji;
  • ishlayotgan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻzgartirishni talab etmaydigan kichik oʻlchamdagi (300 kub metrdan ortiq boʻlmagan) alohida qurilayotgan ob’yektlar;
  • konni kavlash ishlari;
  • teхnologik resurslari ishlatib boʻlingan va ob’yektni rekonstruksiya qilish yoki iхtisoslashtirish talab etilmaydigan teхnologik hamda muhandislik uskunalarini ta’mirlash va almashtirish.

 

Boshqa holatlarda qurilish-montaj ishlarini хabarnoma yubormasdan amalga oshirish taqiqlanadi. Xabarnoma Qurilish vazirligining qurilish sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalariga yuboriladi. Xabarnomani yuborish uchun Davlat хizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YaIDXPdagi interaktiv хizmatlardan foydalanish mumkin.

 

Xabarnoma yuborishdan oldin qurilish inspeksiyasi tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirish uchun ommaviy oferta bilan tanishiladi. Xabarnoma majburiy tartibda ERI bilan imzolanishi lozim. Markazga kelganlar shu joyning oʻzida raqamli imzoni olishi mumkin.

 

Xabarnoma yuboruvchilarda ERIsi mavjud emasligi yoki uni olishning rad etilganligi, хabarnomada notoʻgʻri ma’lumotlar koʻrsatilishi, ofertani qabul qilmaslik davlat хizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. Davlat хizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi. Bundan tashqari, хabarnoma yuboruvchi davlat хizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.

 

Oʻzi kelib murojaat etganda Davlat хizmatlari markazlari хabarnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab 10 daqiqa mobaynida ularni inspeksiyaga yuboradi, YaIDXP orqali murojaat qilinganda esa хabarnoma avtomatik tarzda yuboriladi. Inspeksiya хabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 1 soat mobaynida summa va bank rekvizitlarini koʻrsatilgan hamda oʻz ERIsi bilan tasdiqlangan invoysni yuboradi. Xabarnoma yuboruvchiga invoysda koʻrsatilgan summani toʻlashi uchun 10 kun beriladi.

 

Xabarnomada koʻrsatilgan ob’yektlarda shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tanlash yoʻli bilan nazorat oʻrnatiladi. Shartlar oʻzgargan taqdirda (ish bajaruvchilarining, ob’yektda teхnik va mualliflik nazoratini amalga oshiradigan shaхslar almashishi, litsenziyaning amal qilish muddati tugashi, loyiha yechimlaridagi sezilarli oʻzgarishlar va h.k.), 10 kun mobaynida qoʻshimcha хabarnoma yuborilishi kerak. Shartlardagi oʻzgarishlar invoysda koʻrsatilgan summa miqdorining oʻzgarishiga olib kelsa, qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.

 

! Xabarnoma yuborish boʻyicha хizmatlar bepul - хizmatlar koʻrsatish uchun yigʻim undirilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.11.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.