Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bu yil sanoat yarmarkalari qayerda oʻtkaziladi

27.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 26.05.2021 yildagi “2021 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 324-son qaror qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun! 2021 yil 22-24 aprel kunlari Navoiy shahrida kon-metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish materiallari va elektr energetikasi sohalaridagi yirik tarmoq tashkilotlari, shuningdek, respublikaning barcha hududlaridan ushbu tarmoqlar uchun mahsulot ishlab chiqarishga iхtisoslashgan kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlar ishtirokida tarmoqlararo sanoat yarmarkasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Uning yakunlari boʻyicha qiymati 375,8 mlrd soʻmlik jami 996 ta sanoat kooperatsiyasi shartnomalari va 268 ta teхnik jihatdan hamkorlik qilish memorandumlari imzolandi. 2021 yilning 29-30 aprel kunlari Xorazm viloyatida “Hududlar va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish” koʻrgazmasi oʻtkazilib, qiymati 70,3 mlrd soʻmlik 289 ta shartnomalar hamda 20 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga qaratilgan 42 ta memorandumlar imzolandi.

 

Shu munosabat bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2021 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini quyidagi ikki bosqichda oʻtkazish toʻgrisidagi takliflari ma’qullandi:

  • I bosqich - 2021 yilning may-oktyabr oylarida respublika hududlarida yirik sanoat tashkilotlarining iхtisoslashuvi asosida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish;
  • II bosqich - 2021 yilning 22-28 noyabr kunlari 2022 yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish boʻyicha respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini oʻtkazish.

 

Quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

  • 2021 yilda  hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish reja-jadvali;
  • 2021 yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi;
  • 2021 yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhning namunaviy tarkibi;
  • 2021 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari.

 

Jadvalga asosan, 2022 yil uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish boʻyicha respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi Toshkentda oʻtkaziladi. Boshqalar qatorida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida iyunda tabiiy va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash va neft-kimyo sanoati sohasida yarmarka; Samarqand viloyatida oktyabrda - turizm, gastronomiya turizmi, oziq-ovqat sanoati, mebel va elektroteхnika sanoati, shuningdek gilam mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida yarmarka oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.