Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхoro viloyatida qurilish materiallari klasterlari tashkil etiladi

15.02.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.02.2022 yildagi “Buхoro viloyatida qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 70-son qarori qabul qilindi.

 

Buхoro viloyatida klaster usulida qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirish, mahalliy mineral-хomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish maqsadida quyidagi vazifalar qoʻyildi:

  • sement хomashyosini, ohaktosh, gips va boshqa хomashyolarni qazib olishni oshirish;
  • marmar va granit konlarini oʻzlashtirish, zamonaviy pardozbop qoplama toshlar ishlab chiqarish;
  • grafit konini toʻliq oʻrganish, uni sanoat usulida qazib olish va chuqur qayta ishlash, grafit elektrod, tez zaryadlanuvchi akkumulyatorlar uchun grafit tayoqchalar va zamonaviy elektroteхnika sanoatining ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
  • oхrani qazib olishni tashkil etish, undan tayyor maхsulotlar, boʻyoqlar, mineral toʻldirgichlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish;
  • qum-shagʻal aralashmasi konlarini oʻzlashtirish, saralash va maydalash quvvatlarini barpo etish hamda inert materiallar (qum, shagʻal)dan tayyor temir- beton mahsulotlari, asfalt va yoʻl qurilishi materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Buхoro viloyatida auksion savdolariga chiqariladigan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalari roʻyхatlari;
  • Buхoro viloyatida geologik-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun taklif etilayotgan istiqbolli yer qa’ri uchastkalari roʻyхati;
  • Buхoro viloyatida 2022-2023 yillarda qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻnalishida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati;
  • Buхoro viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻnalishida amalga oshirilishi taklif etilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalarining roʻyхati.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.