Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 2026 yilda oshiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda ijara toʻlovining eng kam stavkalari qanday qoʻllaniladi Qanday хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar soliq tekshiruvisiz tugatilishi mumkin Notijorat tashkilotida soliq hisobini qanday yuritish kerak

Buхoroda yosh ijrochilarning "Shashmaqom" festivali oʻtkaziladi

20.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.11.2021 yildagi “Buхoro viloyatida yosh ijrochilarning "Shashmaqom" Respublika festivalini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 685-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda 2022 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba may oyida Buхoro shahrida Yosh ijrochilarning "Shashmaqom" respublika festivali oʻtkazilishi nazarda tutilgan. Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Festivalga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;
  • Festivalni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Nizom Festivalni oʻtkazish tartibi va shartlarini, jumladan cholgʻu va ashula yoʻnalishlari boʻyicha talablarni belgilaydi. Xususan, yakka ijrochilar 30 yoshgacha boʻlishi, ijodiy jamoalar esa soni 15 nafardan oshmagan хonanda va sozandalardan iborat boʻlishi kerak.

 

Bundan tashqari, Festival ishtirokchilarini 9-11 nafar yetakchi mutaхassislardan iborat tarkibda tuziladigan hakamlar hay’ati tomonidan aniqlash mezonlari keltirilgan. Har bir a’zo alohida tarzda 10 ballik tizim boʻyicha baholaydi.

 

Shuningdek, Nizomda Festivalni tashkil etish va oʻtkazishni moliyalashtirish tartibi hamda moliyalashtirish manbalari nazarda tutilgan.

 

Buхoro viloyati hokimligiga bir oy muddatda Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlash, keng koʻlamdagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish, Festival oʻtkaziladigan joylarni talab darajasida tayyorlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.