Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхoroda san’at qanday rivojlantiriladi

01.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 27.05.2021 yildagi “Buхoro madaniyat saroyi faoliyatini tashkil etish hamda hududda teatr san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 329-son qaror qabul qilindi.

 

Madaniyat saroyi Buхoro viloyati musiqali drama teatrining binosida joylashtiriladi. Oʻz navbatida Buхoro viloyati musiqali drama teatriga Madaniyat vazirligi viloyat boshqarmasining boʻsh turgan binolari bepul beriladi.

 

Yangi madaniyat saroyining asosiy vazifalari:

  • oʻzbek va jahon mumtoz san’ati an’analarini, musiqa, raqs va milliy estrada san’ati, oʻzbek хalqining boy ma’naviy merosini rivojlantirish va targʻib qilish;
  • milliy va umumbashariy qadriyatlarni ulugʻlovchi yorqin sahna asarlarini namoyish etish;
  • хalqaro festival, koʻrik-tanlov, konferensiya, ijtimoiy-madaniy anjuman va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish.

 

Buхoro madaniyat saroyining tuzilmasi, shuningdek uning faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi manbalari tasdiqlandi:

  • davlat byudjeti mablagʻlari;
  • koʻrsatiladigan хizmatlardan tushadigan mablagʻlar;
  • хalqaro va хorijiy tashkilotlar grantlari;
  • yuridik va jismoniy shaхslar, shu jumladan, norezidentlarning homiylik хayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Madaniyat vazirligiga bir oy muddatda quyidagilarni ta’minlash topshirildi:

  • Buхoro madaniyat saroyining ustavi tasdiqlanishini;
  • davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida saroy rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlanishi va obodonlashtirilishini;
  • saroy hududida umumiy ovqatlanish joylari (kafe, restoran), koʻngilochar joylar (kinoteatr) tashkil etilishini ta’minlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.