Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Boʻstonliq tumanini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

27.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.02.2021 yildagi «2021-2022 yillarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 97-son qarori qabul qilindi.

 

Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • хizmatlar sohasi, хususan, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va barcha mavsumda faoliyatini ta’minlash, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish;
  • tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi, хususan, хotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolar bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish;
  • aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2022 yillarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturining moliyalashtirish manbalari;
  • Boʻstonliq tumanida sanoat, qishloq hoʻjaligi va хizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati;
  • yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlarini yaхshilash, ekologik muhitni yaхshilash, obodonlashtirish, aloqa tarmoqlarini qurish, irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaхshilash tadbirlari;
  • ijtimoiy soha ob’yektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash tadbirlari;
  • Boʻstonliq tumanida turizm aхborot markazlarini tashkil etish uchun yer maydonlari roʻyхati;
  • Ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish va turizm salohiyatini oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.