Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1 dekabrdan ish haqi va ijtimoiy toʻlovlar 15% oshiriladi

20.11.2017

 

Prezidentning 20.11.2017 yildagi PF-5245-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning oshirilishi 1.10.2016 yildan amalga oshirilgandi.

 

Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oʻrta hisobda 1,15 baravar, ya’ni 15% oshiriladi. 2017 yilning 1 dekabridan boshlab ularning minimal miqdorlari quyidagini tashkil etadi:

  • ish haqi - oyiga 172 240 soʻm. Ish haqi hamda pensiyalarga qoʻshilgan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, EKIHga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2017 yilning 1 dekabridan boshlab yangi qiymatdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi;
  • yoshga doir pensiyalar - oyiga 336 880 soʻm;
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 336 880 soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 soʻm.

 

Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi Davlat byudjeti va Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar (ya’ni byudjet mablagʻlarini oluvchi hisoblanmaydiganlar) 2017 yilning 1 dekabridan boshlab ish haqini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga belgilangan EKIHga muvofiq keltiradi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.