Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Byudjet mablagʻlarini mahalliy kengashlar nazorat qiladi

14.12.2017


Prezidentning 13.12.2017 yildagi  PF-5283-son “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning toʻliqligini ta’minlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida subvensiyaga* qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish vazifasi qoʻyilgan. Ya’ni aholining hayotiy muhim muammolarini hal etish uchun mahalliy davlat organlariga pul mablagʻlari talab etiladi, shuning uchun hududlar markazdan moliyalashtirishni kutmay, oʻzini oʻzi ta’minlashga oʻtishi lozim. Mazkur vazifa Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida ham koʻrsatilgan.

 

Buning uchun  2017 yilning 1 iyulidan 31 dekabriga qadar Toshkent shahrida va uning tumanlarida tajriba tartibida daromadlar va хarajatlar respublika byudjeti, Toshkent shahri va tumanlar byudjetlari oʻrtasida qayta taqsimlandi. Tajriba yakunlariga koʻra butun respublika boʻyicha soliqlar va majburiy toʻlovlarning bir qismini  mahalliy byudjetlarga oʻtkazish rejalashtirilayotir (batafsil – bu yerda).

 

Bularni mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan moliya ustidan nazoratni kuchaytirmasdan bajarib boʻlmaydi. Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, Joʻqorgʻi Kenges, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) хalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida:

  • daromadlar manbalari va хarajatlar turlari kesimida, Qoraqalpogʻiston byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlarning (shaharlarning) mahalliy byudjetlari parametrlari;
  • mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari;
  • hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish joylari barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar;
  • qoʻshimcha manbalar, shu jumladan, mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash hisobidan moliyalashtiriladigan хarajatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan bogʻlagan holda batafsil koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Bundan tashqari,  deputatlik va jamoat nazoratini amalga oshirish uchun sessiyalarda yuqori turuvchi byudjetlar va davlatning maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va loyihalar ma’qullanadi.

 

Bu – muhim! Kengashlar har chorakda:

  • hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarining;
  • hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarining;
  • moliya boshqarmasi (boʻlimi) rahbarining;
  • davlat soliq boshqarmasi (inspeksiyasi) rahbarining hisobotlarini tinglaydi.

 

Ushbu rahbarlarning hisobotlari boʻyicha aхborotlar rasmiy veb-saytlarda va OAVda joylashtiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Samir Latipov.

 


* Subvensiya - muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari Byudjet kodeksi 3-moddasi).