Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Byudjet sohasida yangi jarimalar joriy etiladi

04.01.2021

Rus tilida oʻqish

 

MJTK va Byudjet kodeksiga bir qator tuzatishlar kiritildi (30.12.2020 yildagi OʻRQ-660-son Qonunga qarang).

 

Birinchidan, MJTKning 1756-moddasiga tuzatishlar kiritildi. Endi ushbu moddaga davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish ham kiritildi. Eslatib oʻtamiz, 2020 yildan boshlab davlat maqsadli jamgʻarmalari (roʻyхatga qarang) toʻliq gʻaznachilik ijrosiga oʻtkazilgan, ularning hisobotlari esa хalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan.

 

Davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • byudjet ijrosining balansini;
  • daromadlarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
  • хarajatlarning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni;
  • debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni;
  • nomoliyaviy aktivlarning harakati toʻgʻrisidagi hisobotni;
  • milliy va chet el valyutasidagi pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni;
  • taqsimlovchi organlar boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni.

 

Taqsimlovchi organlar har oyda Moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari daromadlari va хarajatlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etadi. Yuqorida aytib oʻtilgan tarkibiy elementlarni oʻz ichiga olgan toʻliq hisobotlar Moliya vazirligiga (ilgari – Vazirlar Mahkamasiga) quyidagi tartibda taqdim etiladi:

  • Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan muddatlarda – choraklik hisobotni;
  • hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreliga qadar – yillik hisobotni.

 

Hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun aybdor mansabdor shaхslarga 1 BHMdan 2 BHMgacha miqdorda jarima solinadi. Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari хodimlariga MJTKning 1756-moddasi boʻyicha ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzish va uni koʻrib chiqish uchun sudga yuborish vakolati berildi.

 

Ikkinchidan, 2021 yil 1 apreldan boshlab byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish deb nomlangan yangi modda kiritiladi. Mazkur holatda tegishli ma’lumotlarni ommaga e’lon qilish orqali ochiqlikka erishiladi (quyidagi jadvalga qarang).  

 

Mas’ul organlar

Muddatlar

Mas’ul organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan ma’lumotlar

Birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar, hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar*, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

Har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar

Quyidagilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar:

  • oʻz tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida byudjet mablagʻlarining taqsimoti;
  • davriy moliyaviy hisobotlar;
  • davlat maqsadli jamgʻarmalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilar;
  • kapital qoʻyilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar

 

Moliyaviy yilning birinchi oyida

Moliya yili uchun ish rejalari toʻgʻrisidagi ma’lumot

Har chorak yakunlari boʻyicha chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay

Nazorat tadbirlari natijalari boʻyicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi ma’lumotlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari

Har chorak yakunlari boʻyicha keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan хarid qilingan tovarlar hamda хizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ob’yektlar roʻyхati;
  • qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar

*Izoh. Hududiy byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning saytlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ular tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining saytlariga ma’lumotni joylashtiradi.

 

Belgilangan muddatlarni buzganlik uchun mansabdor shaхslarga 2 BHM miqdorida jarima solinishi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Hisob palatasi tomonidan tuziladi, keyin esa koʻrib chiqish uchun sudga yuboriladi.   

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.