Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Byudjet tashkilotlariga – 5 yilga soliq imtiyozlari

15.01.2018

 

Prezidentning 29.12.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ–3454-son qarori bilan soliq imtiyozlari joriy etilishi nazarda tutilgan.

 

Byudjet kodeksining 6063-moddalarida koʻrsatilgan manbalardan qoʻshimcha daromad oluvchi byudjet tashkilotlari 2023 yilning 1 yanvariga qadar quyidagilarni toʻlashdan ozod qilingan:

  • undirib olinadigan barcha turdagi soliqlar;
  • Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar;
  • maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar.

 

Ma’lumot uchun: byudjet tashkiloti davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun davlat hokimiyati organlarining qaroriga koʻra tashkil etilgan, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot.

 

Yuqorida koʻrsatilgan moddalarda quyidagilarning daromadlarini shakllantirish manbalari qayd etilgan:

  • Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi; 
  • Tibbiyot tashkilotlarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi; 
  • Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari; 
  • byudjet tashkilotlari tomonidan undiriladigan toʻlovlar hisobidan byudjetdan tashqari mablagʻlar.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.