Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 apreldan boshlab yangi talablar boʻyicha onlayn-NKT bilan qanday ishlash kerakOʻzbekistonda «spin-off» korхonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladiOʻzbekistonda soliq yukini qanday kamaytirish rejalashtirilmoqdaChek-list: norezidentga daromad toʻlashdan oldin buхgalter nimani tekshirishi kerak

Sement ishlab chiqaruvchilar uchun soliqlar pasaytirildi

31.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning “Qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

2021 yil 20 avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining:

  • 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda soligʻining stavkasini 20 dan 15%gacha pasaytirish;
  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga moʻljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravar kamaytirgan holda 22 500 soʻm miqdorda belgilash haqidagi takliflari ma’qullandi.