Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy imtihon qanday oʻtkaziladi

11.04.2018

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga «Chaqiriqqacha harbiy ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (5.04.2018 yilda 2995-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomning 23-bandiga muvofiq, ushbu imtihonni abituriyentlar tegishli harbiy ta’lim fakultetlariga (harbiy kafedralar bilan adashtirmang – tahr.) kirish uchun topshiradilar.

 

Imtihonni maхsus Komissiya qabul qiladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: Mudofaa vazirligi markaziy apparati mas’ul хodimi (rais), fakultet boshligʻi va oʻqituvchilari. Fakultet oʻqituvchilaridan biri Komissiya kotibi tomonidan tayinlanadi.

 

Imtihon oʻtkazish vaqti –10 iyuldan 25 iyulgacha. Abituriyentlar u oʻtkaziladigan joy, kun va vaqt haqida oldindan ogohlantiriladi.

 

Imtihon 3 bosqichda oʻtkaziladi, unda umumjismoniy tayyorgarlik, oʻq otish tayyorgarligi boʻyicha nazorat normativini bajarish, chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik dasturi boʻyicha bilim darajasi baholanadi. Xolislikni ta’minlash maqsadida barcha jarayonlar uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi. 

 

Imtihon test majmualarida (kirish sinovlarida – tahr.) fanning oʻrniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng koʻp ballning 0–100%igacha boʻlgan oraliqda yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha amalga oshiriladi. Imtihonni topshirishda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballarning 33,3%idan kam ball toʻplagan abituriyentlar davlat test sinovlariga kiritilmaydi.

 

Quyidagi jadvalda imtihonning har bir tarkibiy qismini baholash mezonlari keltirilgan.

 

Normativ turi

Bajarish koʻrsatkichi

Ball

 

1-bosqich. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash

 

Turnikda tortilish

12 marotaba va undan koʻp

3 ball

10–11 marotaba

2 ball

8–9 marotaba

1 ball

1–7 marotaba yoхud umuman tortila olmaganda

0 ball

100 metrga yugurish

14 soniya ichida

3 ball

14,1–14,4 soniyada

2 ball

14,5–15,2 soniyada

1 ball

15,3 soniyada va undan koʻp vaqtda

0 ball

3 000 metrga yugurish

12,40 daqiqa*

4 ball

12,41–13,20 daqiqa

3 ball

13,21–14,00 daqiqa

2 ball

14,01 daqiqadan koʻp vaqtda

0 ball

 

2-bosqich. Oʻq otish tayyorgarligi boʻyicha nazorat normativini bajarishni baholash

 

Pnevmatik miltigʻidan nishonga aniq otish (8-son nishon, oraliq – 5 m, 5 ta nazorat uchun qoʻrgʻoshinli oʻq)

40 va undan yuqori ochko

15,6 ball

35–39 ochko

13,3 ball

30–34 ochko

10,9 ball

29 va undan past ochko

0 ball

 

3-bosqich. Chaqiriqqacha boshlangʻich tayyorgarlik boʻyicha bilim darajasini baholash

 

80 daqiqa davomida 50 ta test savolini yechish (+ 10 daqiqa tushuntirish va javoblar varagʻini toʻldirish uchun)

1 ta toʻgʻri javob = 1 ball

* Vaqt koʻrsatkichlari belgilari – rasmiy matn boʻyicha.

 

Imtihon natijalari Davlat test markaziga 30 iyulgacha taqdim etilishi shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.04.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_