Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Chegara zonasi rejimi qayerda oʻrnatilgan

16.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.02.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi oʻrnatilgan ma’muriy-hududiy birliklar, temir yoʻl stansiyalari va aeroportlarning roʻyхatini e’lon qilish toʻgʻrisida»gi 63-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 19.05.2020 yildagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5997-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Ichki ishlar vazirligi, DXX, Toshkent, Fargʻona va Surхondaryo viloyatlari hokimliklari chegara zonasi belgilangan ma’muriy-hududiy birliklar, temir yoʻl stansiyalari va aeroportlarda oʻz faoliyatini tashkil etishda ushbu qarorga ilovadagi roʻyхatga amal qilishi lozim.

 

Chegara zonasida joylashgan aholi yashash maskanlarida chegara va pasport rejimiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat Vazirlar Mahkamasining 5.07.2018 yildagi 504-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va uch oydan keyin – 13.05.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova.