Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Chet el fuqarolari Oʻzbekistonda maхsus soliq rejimni qanday qoʻllashlari mumkin

09.10.2025

Rus tilida oʻqish

2026 yil 1 yanvardan boshlab chet el fuqarolari uchun maхsus soliq rejimi joriy etiladi. Unda Oʻzbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarni JShDSdan ozod etish nazarda tutilgan.

Buning uchun bir qator shartlarga rioya qilish kerak. Tafsilotlar  buxgalter.uz sharhida:

 

Soliq boʻyicha maхsus rejim kimlarga tatbiq etiladi

 

Yangilik Prezidentning 04.10.2025 yildagi «Chet el fuqarolari uchun maхsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-180-son Farmonida nazarda tutilgan.

 

Maхsus soliq rejimi doirasida jismoniy shaхslar ikki shart bajarilganda Oʻzbekistonning soliq rezidentlari deb tan olinadi:

  • Oʻzbekistonda mulk huquqida yoki ijara huquqida turar-joy koʻchmas mulk ob’yektining mavjudligi;
  • tegishli maqom belgilanayotgan soliq davridan boshlanadigan yoki unda tugaydigan ketma-ket 12 oylik davr mobaynida jami 30 kalendar kundan ortiq Oʻzbekiston hududida haqiqatda turish.

 

Maхsus soliq rejimi yuqorida sanab oʻtilgan shartlarga rioya qiladigan chet el fuqarolarining yaqin qarindoshlariga ham taalluqlidir. Buning uchun har bir voyaga yetgan yaqin qarindosh uchun 10 000 AQSh dollari miqdorida maхsus yigʻim toʻlash kerak boʻladi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

Podrobneye: https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/qachon_hodim_vaqtincha_boshqa_ishga_utkazishni_talab_qilishga_haqli