Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chet el fuqarolarining qay biri koʻchmas mulk ob’yektini yashash guvohnomasisiz sotib olishi mumkin

15.07.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.07.2022 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlarini fuqarolari sotib olish huquqiga ega boʻlgan хorijiy mamlakatlar roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 384-son qarori qabul qilindi.

 

Roʻyхatda fuqarolari koʻchmas mulk ob’yektlarini yashash guvohnomasisiz (ruхsatnomasiz) sotib olish huquqiga ega boʻlgan 108 ta davlatni nomi koʻrsatilgan. Hujjat bilan belgilanganki, yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlariga quyidagilar kiradi:

  • qurilish ishlari boshlangan, biroq foydalanishga qabul qilinmagan;
  • tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni, inshootni, uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisida komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori mavjud boʻlgan;
  • qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’yektdan foydalanish uchun ruхsatnoma berish asosida mulk huquqi vujudga kelgan;
  • foydalanishga qabul qilib olinganiga uch yildan koʻp boʻlmagan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.