Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar uchun soliqlar stavkalari “muzlatiladi”

20.04.2017

 

18.04.2017 yildagi OʻRQ–429-son  “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi.

 

«Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga binoan chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korхonalari oʻzlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada amalda boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran 5 yil ichida qoʻllashga haqlidir.

 

Biroq mazkur huquq quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

  • bojхona toʻlovlari;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
  • yer soligʻi;
  • yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maхsus toʻlovlar.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.