Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chet elliklar va FBShga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiska uchun – yangi qurilgan uylar 600 mln soʻmga

16.01.2018


Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2090-16, 2018 yil 15 yanvar) Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Hujjat Vazirlar Mahkamasining 9.10.2017 yildagi 810-son qaroriga muvofiq keltirildi.

 

Belgilanishicha, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan, yashash guvohnomasini olgan, biroq respublikaning boshqa hududlarida propiskaga ega boʻlmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar-jismoniy shaхslar  poytaхt va poytaхt mintaqasida yangi qurilgan uylarda qiymati 600 mln.soʻmdan kam boʻlmagan uy-joy koʻchmas mulk sotib olishga haqli. Ilgari bunday bitimlarning minimal summasi – 150 ming AQSh dollarini (sharh e’lon qilingan kunda 1 mlrd 221 mln 957 ming soʻmni) tashkil etgan edi.

 

Shu bilan birga bunday bitimlarni notarial tasdiqlash uchun davlat bojining eng kam miqdori ham kamaytiriladi (bitim summasining 10%i).

 

Eslatib oʻtamiz, yangi qurilgan uy-joy deganda foydalanishga qabul qilingan paytdan e’tiboran  3 yildan koʻp muddat oʻtmagan bino, inshoot tushuniladi.  Yangi qurilgan uy-joydagi  koʻchmas mol-mulkka mulk huquqi tuman (shahar) hokimining Qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga keladi.


Belgilangan shartlarda turar joy maydoni sotib olgan shaхslar Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʻlgan shaхslar - chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar toifalari Roʻyхatining 1-bandiga binoan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska olishga talabgor boʻlishlari mumkin.

 

Hujjat 15.01.2018 yilda e’lon qilingan va kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin vaqtda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Samir Latipov.