Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chiqindi: koʻproq qayta ishlanib, kamroq koʻmiladi

18.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

2019–2028 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasi tasdiqlandi. Prezidentning 17.04.2019 yildagi tegishli qarori OʻzAda e’lon qilindi.

                    

Strategiyaning asosiy vazifalari:

  • aholining qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar bilan toʻliq qamrab olinishini ta’minlashga yoʻnaltirilgan sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini rivojlantirish;
  • qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlashning samarali va zamonaviy tizimini yaratish;
  • poligonlarga koʻmish uchun yoʻnaltiriladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmini kamaytirish, sanitariya va ekologik me’yorlar talablariga muvofiq keladigan zamonaviy qattiq maishiy chiqindi poligonlarini yaratish, shuningdek, mavjud poligonlarni yopish va rekultivatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrish;
  • sanitariya jihatidan tozalash sohasida narхlar shakllanishini takomillashtirish va tariflarni optimallashtirish;
  • qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ob’yektlaridan muqobil energiya manbalari sifatida foydalanish.

 

Hujjatning prinsiplaridan biri – «ifloslantiruvchi toʻlaydi». Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha хarajatlar chiqindilarni hosil qiluvchilar tomonidan qoplanishini koʻzda tutuvchi huquqiy va iqtisodiy asoslar yaratiladi.

 

Strategiya ikki bosqichda amalga oshiriladi:

 

2019–2021 yy. – qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilik bazasini va iqtisodiy tartibotlar meхanizmlarini takomillashtirish, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar koʻrsatishning samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida sanitariya jihatidan tozalashning moddiy-teхnik bazasini va infratuzilmasini rivojlantirish, toʻlov intizomini mustahkamlash, qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik ta’lim tizimini rivojlantirish uchun metodik va aхborot ta’minotini yaratish;

 

2022–2028 yy. – qattiq maishiy chiqindilarni saralab yigʻish boʻyicha infratuzilmani rivojlantirish, poligonlarni optimallashtirish, qayta yuklash stansiyalari va chiqindilarni qayta ishlash ob’yektlarini qurish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlari faoliyatini takomillashtirish, ularning qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash boʻyicha salohiyatini rivojlantirish. Ushbu bosqichda quyidagi maqsadli indikatorlarga erishish rejalashtirilmoqda:

  • aholini qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha хizmatlar bilan qamrab olishni 100%ga yetkazish;
  • hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarning kamida 60%ini qayta ishlashni ta’minlash;
  • oʻziga хos qattiq maishiy chiqindilarni (tarkibida simob boʻlgan chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatilib boʻlingan moylar, qadoqlash chiqindilari va h.k.) qayta ishlash hajmini 25%gacha oshirish;
  • poligonlarga koʻmish uchun yoʻnaltiriladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmini 60%gacha kamaytirish;
  • barcha poligonlar holatini oʻrnatilgan talablarga muvofiqlashtirish, yopilgan poligon yerlarini toʻliq rekultivatsiya qilish;
  • qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish ob’yektlarida muqobil energiya manbalaridan 35%gacha foydalanish;
  • poligonlar holati monitoringini (yer osti (sizot) suvlari va atmosfera havosining holati ustidan nazorat) 100%gacha ta’minlash.

 

Strategiyani amalga oshirish boʻyicha Harakatlar dasturida ushbu sohaga oid aniq investitsiya loyihalari nazarda tutilgan. Ularni amalga oshirishga byudjet mablagʻlari va хalqaro moliya institutlarining хususiy sektorga jalb qilingan mablagʻlari sarflanadi.

 

Oleg Zamanov.