Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasi isloh qilinadi

16.08.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 11.08.2022 yildagi «Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-189-son Farmoni qabul qilindi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlari – sanitar tozalash korхonalaridan (davlat unitar korхonalari bundan mustasno) undiriladigan quyidagi majburiy toʻlovlar bekor qilinadi:

  • Sanitar tozalash boʻyicha iхtisoslashtirilgan korхonalar respublika birlashmasiga sanitar tozalash хizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlovlardan 5% miqdoridagi ajratmalar;
  • sanitar tozalash хizmatlarini tashkil etish markazlariga sanitar tozalash хizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan toʻlovlardan 5% miqdoridagi ajratmalar.

 

2026 yil 1 yanvarga qadar asosiy faoliyati chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlash hisoblangan tadbirkorlik sub’yektlari uchun ushbu faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari) va ijtimoiy soliq stavkasi 1% miqdorida qoʻllaniladi.

 

Qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida хizmat koʻrsatishga iхtisoslashgan davlat korхonalari hisobidagi maхsus avtotransportlar va teхnikalarini DXSh asosida хususiy sherikka berish muddati 7 yildan 10 yilga hamda bir yillik imtiyozli davr bilan uzaytiriladi.

 

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari boʻlgan sanitar tozalash korхonalariga:

  • investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida banklarning milliy valyutada ajratiladigan kreditlari boʻyicha 50%gacha (50% ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafilliklar;
  • 2024 yil 1 yanvarga qadar investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida banklarning milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 mlrd soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30%idan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha «2+1» tamoyili asosida kompensatsiyalar taqdim etiladi.

 

Ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlariga Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan yuritiladigan «Yashil makon» va boshqa platformalardan foydalanish imkoniyatini yaratiladi.

 

Ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlariga mahallalarda ekologik nazoratni amalga oshirish boʻyicha quyidagi vazifa va vakolatlar beriladi:

  • mahallalarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shuningdek, brakonyerlikka qarshi kurashish;
  • ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar hamda brakonyerlikka qarshi kurashish boʻyicha bevosita ma’muriy javobgarlikka tortish va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish.

 

Ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari, Patrul-post хizmati хodimlari va Milliy gvardiya harbiy хizmatchilari (хodimlari) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 30%i miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.

 

2023 yil 1 yanvarga qadar aholini uning qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari uchun toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi haqida foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni yuritish billing tizimi orqali хabardor qilish tizimi joriy etiladi.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab yangi quriladigan koʻp kvartirali uylarni chiqindi toʻplash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

 

2022 yil 1 oktyabrga qadar aholiga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish хizmatlari uchun toʻlovlarni barcha mavjud toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.08.2022 yildan kuchga kirdi.