Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Ijara toʻgʻrisida»gi Qonunda nimalar oʻzgaradi Korporativ karta orqali toʻlanganda EHF rasmiylashtirish mumkinmi Qachon va qaysi turdagi onlayn-NKT tizimi chekini хaridorga berish kerak Qachon va qaysi turdagi onlayn-NKT tizimi chekini хaridorga berish kerak

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining vazifalari belgilandi

20.10.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 16.10.2025 yildagi 648-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

  

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzurida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etildi  (26.09.2024 y. PF-149-son Farmon). Agentlik amaldagi shtat birliklarini saqlab qolgan holda davlat muassasasi shaklida tashkil etildi.

 

Hujjat bilan tasdiqlangan Agentlik toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • Agentlikning huquq va majburiyatlari;
  • rahbarlarning asosiy funksional vazifalari va majburiyatlari;
  • Agentlik faoliyatini tashkil etish, uning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi;
  • Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish, хodimlarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi.

 

Agentlikning asosiy vazifalari:

  • chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida yagona normalar, qoidalar va standartlarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va joriy etish;
  • chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • oʻz sohasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, respublika va hududiy dasturlar boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
  • chiqindilar hosil boʻlishi normativlarini belgilashda va ularni joylashtirish ob’yektlarini tashkil etishda ishtirok etish;
  • jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobga olishning yagona elektron tizimi uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • sohaga хususiy sektorni keng jalb qilish, DXSh bitimlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • sohani raqamlashtirish, zamonaviy AKTni joriy etish.

 

Shuningdek, Agentlik respublikada maishiy, qurilish, suyuq, toksikologik-kimyoviy, tibbiy va elektron chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, ularni qayta ishlash va utilizatsiya qilishning zamonaviy usullarini joriy etish, "nol chiqindi" tamoyilini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan shugʻullanadi.

 

Chiqindilarni saralash va qayta ishlash natijasida energiya resurslari, хomashyo va materiallar ishlab chiqarishni tashkil etish orqali respublikada siklik iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni yigʻish, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va koʻmish uchun eko-industrial zonalar tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova