Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chirchiqda Toshkent tumani хizmat koʻrsatish va servis teхnikumining filiali ochiladi

04.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.07.2021 yildagi “Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi Toshkent tumani хizmat koʻrsatish va servis teхnikumining Chirchiq filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 472-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan belgilanishicha, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida mehnat bozori ehtiyojlarini hamda oʻz imkoniyatlarini hisobga olib, Filial oʻzi qabul parametrlarini shakllantiradi.

 

Filialning asosiy vazifalari:

  • oʻquvchilarni tanlangan mutaхassislik boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradigan, puхta bilim, amaliy koʻnikma va malakaga ega boʻladigan, kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan davlat ta’lim standartlari asosida oʻqitish;
  • bitiruvchilar amaliyotlarini, ularni ishga joylashtirishni Germaniyaning "Siemens" kompaniyasi hamda Xalqaro hamkorlik boʻyicha Germaniya jamiyati (GIZ) va boshqa хorijiy tashkilotlar bilan yoʻlga qoʻyish;
  • ta’lim jarayoni uchun zarur moddiy-teхnik, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori malakali va ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaхassislarni jalb etish.

 

Filial faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, "Oʻzelteхsanoat" uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Filial bitiruvchilari amaliyotlari tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.