Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi boʻyicha qanday soliqlar solinadi 2027 yil 1 yanvardan boshlab «E-kontrakt» orqali «shubhali valyuta operatsiyalari»ning qanday belgilari kuzatiladi Mehmonхona va umumiy ovqatlanish uchun spirtli ichimliklar: raqamli markirovka kodlari mahsulotni qabul qilishda yopiladi

«Chiroqchi» EIZ parametrlari aniqlashtirildi

07.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.05.2020 yildagi «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 267-son qarori bilan hududlar chegaralari belgilandi, direksiya tuzilmasi, uning ustavi va faoliyatini moliyalashtirish manbalari tasdiqlandi.

 

EIZ Prezidentning 13.09.2019 yildagi «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PF-5825-son Farmoniga muvofiq Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan.

 

Yangi hujjat bilan kelgusi yillarda oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish sharti bilan 2020-2021 yillar davrida EIZ direksiyasini saqlash va zarur infratuzilmani rivojlantirish uchun respublika byudjetidan va Qashqadaryo viloyati byudjetidan mablagʻlar ajratilishi tartibga solinadi.

 

Xususan, «Chiroqchi» EIZ direksiyasi» DUKning ustav fondini shakllantirishga 1 mlrd soʻm ajratiladi. Ikki oy mobaynida Qurilish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda «Chiroqchi» erkin iqtisodiy zonasining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

 

Lola Abduazimova.