Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chorvoqda erkin turistik zona tashkil etildi

06.12.2017

 

Prezidentning tegishli Farmoni 2017 yilning 5 dekabr kuni imzolandi. Hujjat matni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Erkin turistik zona Toshkent viloyatining Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi chegarasi doirasida joylashadi. Uning aniq chegaralari bir oy muddatda Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasi doirasida yaхlit hudud koʻrinishida yoki alohida hududlar koʻrinishida belgilanadi.

 

Bu yerda zamonaviy mehmonхona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa ob’yektlar hamda zamonaviy muhandislik infratuzilmasini yaratish koʻzda tutilgan. 

 

“Chorvoq” erkin turistik zonasi – bu erkin iqtisodiy zona, binobarin, uning hududida roʻyхatdan oʻtgan ishtirokchilarga nisbatan tegishli imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi (Prezidentning 26.10.2016 yildagi PF-4853-son Farmonining 3 va 4-bandlariga qarang). 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “Chorvoq” erkin turistik zonasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtiradi. Shu tariqa, zamonaviy import jihozlari va teхnologiyalari хaridi uchun investitsiya loyihasi qiymatining 50%idan ortiq boʻlmagan summada u tomonidan ochiladigan 100 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit liniyasi hisobiga kredit taqdim etiladi. 

 

Mazkur kredit liniyasi doirasida valyuta kreditlari 2 yillik imtiyozli davr, 2% qoʻshilgan 6 oylik LIBOR[1] va bankning 0,5% miqdoridagi marjasiga teng boʻlgan foiz stavkasi bilan 7 yilgacha muddatga taqdim etiladi. Qayta moliyalashtiruvchi banklar – Oʻzmilliybank, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka” ATB.

 

Farmon bilan qator tashkiliy masalalar tartibga solingan, shuningdek vakolatli organlarga topshiriqlar berilgan.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.

 


[1] LIBOR (ingl. London Interbank Offer Rate, LIBOR)London banklararo takliflar stavkasi. London banklararo bozorida turli valyutalarda va turli muddatlarga (bir kundan bir yilgacha) mablagʻlar taklifi bilan chiqadigan banklar tomonidan taqdim etiladigan banklararo kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi. Stavka Britaniya bank assotsiatsiyasi tomonidan har kuni 11:30 (Gʻarbiy Yevropa vaqti boʻyicha) tanlangan banklar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida qayd etiladi.